Buxoroda yana 17 nafar bemorda koronavirus qayd etildi

Buxoro viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 17 nafarga ortib, 633 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 429 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida 530 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Avvalroq Buxoroda 20 kishida koronavirus aniqlangani va “SES” xodimi hamshirani kaltaklagani oqibatida hamshiraning homilasi tushgani xabar qilingandi.

Янгиликлар