O‘zbekistonda 1-avgustdan keyin karantin muddati suriladimi? Behzod Musayev javob berdi

O‘zbekistonda 1-avgustdan karantin muddati surilishi mavjud vaziyatdan kelib chiqib aytiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Prezident karantin qoidalariga rioya etgan holda iqtisodiyot ishlashini talab qilgan. 1-avgustdan karantin muddati surilish masalasiga mavjud vaziyatdan kelib chiqib javob beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda 13-iyuldan 1-avgustga qadar qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari joriy etilgan. Vazirlar Mahkamasining 15-iyul kungi 329-sonli farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlangani rasman tan olingan.

Янгиликлар