O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 17 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 16 966 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 34 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

— 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

— 32 nafari Andijon viloyatida;

— 26 nafari Namangan viloyatida;

— 21 nafari Sirdaryo viloyatida;

— 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

— 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 9279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. 7599 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlardir.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan bemor hamroh kasallikdan vafot etib, jami o‘limlar soni 88 taga yetgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda kuniga COVID-19 kasalligi bilan kasallanganlar soni bir sutkada 259,8 ming kishiga ko‘paygan.

Янгиликлар