Shavkat Mirziyoyev: “‘Yergeodezkadastr’ davlat qo‘mitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga to‘g‘ri kelmaydi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul, seshanba kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sohaning kadrlar salohiyati pastligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga to‘g‘ri kelmasligini qayd etgan. Shu yo‘nalishda xorijiy oliy o‘quv yurti filialini tashkil qilish muhimligi, Italiyaning Piza universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish kerakligi ta’kidlangan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko‘rsatma bergan va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Янгиликлар