Toshkent shahrining ayrim mahallari 22-iyul kuni tabiiy gaz ta’minotidan uziladi

Toshkent shahri Sergeli tumanining 8- va 9-qurilish uchastkalariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurlarida 22-iyul, chorshanba kuni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt”ga tayanib, Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Sergeli-1 “Navqiron” MFY;
  • Sergeli-2 “Ittifoq” MFY ;
  • Sergeli-2 “Nilufar” MFY;
  • Sergeli-3 “Nurhayot” MFY;
  • Sergeli-4 “Saxovat” MFY
  • Sergeli-5A ;
  • Sergeli-5 Habibiy MFY ;
  • Sergeli-5 “O‘zgarish” MFY ;
  • Sergeli-6 “Mehrigiyo” MFY;
  • Sergeli-7A ;
  • Sergeli-7 “Madadkor” MFY ;
  • Sergeli-7 “Ziynat” MFY;
  • Sergeli-8 “Yangi Sergeli” MFY;
  • Sergeli-8 “Sohibqiron” MFY;
  • Sergeli-8A “Ezgulik“ MFY;
  • Charag‘on va Do‘stlik mavzesi;
  • 8-qurilish uchastkasi;
  • 9-qurilish uchastkasi;
  • 10-qurilish uchastkasi;
  • “Al-Farg‘oniy” MFY;
  • “Yo‘ldosh” MFY;
  • “Sofdil” MFY;
  • “So‘g‘diyona” MFY.

Avvalroq Buxoroning ba’zi hududlariga gaz yetkazib berish 20-iyul kuni vaqtinchalik to‘xtatilishi ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, Buxoro shahrining G‘afur G‘ulom, Fayzulla Xo‘jayev, Mirzo Ulug‘bek, Al-Buxoriy nomlaridagi va “Yangiobod” mahallalarining ayrim ko‘chalari elektr energiyasi ta’minotidan uzilishi, “Avshormahalla”, Mahmud Tarobiy va Bahouddin Naqshband nomli mahallalarida elektr vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар