Toshkentda 16 yoshli bolaning 6,5 mln so‘mlik buyumlarni talon-toroj qilgan haydovchi ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida umumiy qiymati 6 500 000 so‘mlik buyumlarni talon-toroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yoshli S.A. 17-iyul kuni soat 20:30 da Toshkent shahar Yashnobod tumanidan M.Ulug‘bek tumanidagi uyiga borish uchun “Lacetti”da ketayotganida Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida haydovchi mashinani to‘xtatadi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan S.A.ning oldida bo‘lgan narxi 5 000 000 so‘mlik “Iphone X” rusumli telefoni va 1 500 000 so‘mlik “Airpods 2” nomli quloqchinini talon-toroj qilgan. Yigitni mashinadan tushirib qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 31 yoshli M.T. va E.T. sodir etganligi aniqlangan. Fuqaro M.T.dan “Iphone X” rusumli telefon apparati va “Airpods 2” nomli quloqchin ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro M.T. va E.T.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan.

Avvalroq Andijonda fuqaroni urib, mashinasidan 500 dollar va 60 ming so‘m olganlikda gumon qilinib, 4 kishi qo‘lga olingani, Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefon o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani, Qo‘qonda talonchilik qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар