O‘zbekistonga Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori va 20 ta PZR sinov apparati keltirildi

Xitoydan koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan tibbiy uskunalar va dorilar keltirildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanalida xabar berildi.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari olib kelindi. Ushbu tibbiy uskunalar Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshiriladi. Vazirlik ehtiyojdan kelib chiqqan holda uni hududlarga taqsimlaydi.

Yangi keltirilgan kislorod konsentratorining bittasini ikki kishi uchun 24 soat davomida ishlatsa bo‘ladi.

Tez orada yana shuncha tibbiyot apparatlari, dori vositalari yetkaziladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlar o‘rtasida kislorod oksigenatorlari ustidagi tortishuv yuzasidan bayonot bergan edi.

Shuningdek, Buxoroda koronavirusga chalinganlarni davolash maqsadida 600 million so‘mlik kislorod konsentratorlari xarid qilindi.

Янгиликлар