Xonanda Kaniza koronavirusdan sog‘aydi

Xonanda Kaniza koronavirusdan tuzaldi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Foto: Instagram

“Assalomu alaykum, yaxshilar! Ollohimga shukurlar bo‘lsin, bu sinovidan ham o‘tib oldim. Bugun menda kasallik aniqlanganining 16-kuni. Alhamdulillah, hozir og‘riqlar deyarli qolmagan, faqat biroz holsizlikni his qilib turibman. Inshoolloh, tez kunda bundan ham o‘tib olaman. Meni og‘ir kunda duosi bilan, mehri bilan qo‘llab turgan yaxshi insonlar, mening aziz muxlislarim, boringizga shukur!” — deb yozgan Kaniza.

Eslatib o‘tamiz, Kaniza 16-iyul kuni koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning administratori ham virus yuqtirib olib, uy sharoitida davolangan.

Avvalroq xonanda Munisa Rizayeva hamda “Benom” guruhi vakili Komil koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalinib, Zangiota tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan. Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov 18-iyul kuni koronavirusdan vafot etgan.

Янгиликлар