Andijonda 13 kishi koronavirus yuqtirgani qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, 289 taga ortib, 20 820 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning 13 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 2020-yil 26-iyul holatiga ko‘ra, 904 kishini tashkil etgan. Shundan 648 nafari sog‘ayganlardir. Hozirgi vaqtga qadar Andijonda 1 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq Asakada yangi tez yordam mashinalari haydovchiligiga 20 nafar tibbiyot kolleji bitiruvchilari ishga olingani, Jalaquduqda 209 nafar tibbiyot xodimi rag‘batlantirilgani haqida xabar berilgandi.