Buxoroda 22 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, 289 taga ortib, 20 820 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 22 tasi Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 2020-yil 26-iyul holatiga ko‘ra, 699 kishini tashkil etgan. Shundan 556 nafari sog‘ayganlardir. Hozirgi vaqtga qadar Buxoroda virus qurbonlari soni besh nafarga yetgan.

Avvalroq Buxoroda kuchaytirilgan karantin davrida faoliyat yuritayotgan tungi klub aniqlangani, Romitan tumani Xalq qabulxonasi mudiri koronavirusdan vafot etgani hamda viloyatda koronavirus bemorlari ko‘paygan vaqt ko‘rsatkichlar nega rasmiy ma’lumotlarda yo‘qligiga izoh berilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар