Asakada meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ish boshlashi natijasida 50 ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi

Asakada meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ish boshlashi natijasida 50 ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi xabar berdi.

Foto: Asaka tuman hokimligi

Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumanining “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “AGF Andijan Golden Fruits” MChJ tomonidan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlash, savdo majmuasi hamda logistika markazi qurilishi ishlari yakunlanib, ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev qurilish ishlari va uning sifati hamda ishchilarga yaratiladigan sharoitlar bilan tanishdi. Tez kunlarda ushbu korxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur joyda yaqin kunlarda 50 ga yaqin ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha fuqarolarga 470 bosh zotdor echki tarqatish boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, viloyatda kichik biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ayollarga 100 milliard so‘m kredit ajratildi.

Ma’lumot uchun, 9-iyul kuni Andijon viloyati Xovuskon ota ziyoratgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilish maqsadida ularga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parko‘rpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, 1 nafar ayolga kir yuvish mashinasi taqdim etilgan. 10-iyulda viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida yolg‘iz yashovchi ayolga 2 sotixli issiqxona qurib berilgan.

Янгиликлар