Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalindi. Ushbu xabarni Nurmat Otabekov “Tez News” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda tasdiqlagan.

Kadr: YouTube

Ta’kidlanishicha, bosh davlat sanitariya inspektori o‘zida kasallikning jiddiy klinik belgilari kuzatilmasa ham, laboratoriya natijalariga asoslangan holda kasalxonaga yotgan. Ayni paytda kerakli muolajalar qilinmoqda.

Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqani haqda xabar berilgandi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova koronavirusga chalingan.

Eslatib o‘tamiz, Nurmat Otabekov 23-iyul kuni Prezident tomonidan imzolangan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Янгиликлар