O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 22 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 276 kishiga ko‘payib, 22 169 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 153 nafari Toshkent viloyatida;
  • 51 nafari Toshkent shahrida;
  • 30 nafari Namangan viloyatida;
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 12 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafari Qoraqalpog‘istonda;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda respublika bo‘ylab 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan bo‘lsa, 9777 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalinib, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan 52 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangani hamda koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar berilishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар