“Isiriq koronavirusni davolashda samaralimi?” Respublika maxsus komissiyasi a’zosi javob berdi

AOKA huzuridagi shtabda 30-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Feruza Hamroboyeva isiriq koronavirusni davolashda samarasiz ekanligini ma’lum qildi.

Kadr: YouTube

Ta’kidlanishicha, isiriq tutuni yuqumli kasallik bilan kasallangan bemor xonadoni havosini infeksiyadan tozalash maqsadida tavsiya etiladi.

“Lekin virus infeksiyasidan boshqa muolajalarni chetga surib qo‘yib, faqat isiriqdan najot qidirish ham noto‘g‘ri”, — deydi Feruza Hamroboyeva.

Avvalroq virusolog Ra’no Qosimova va Dildora Sekler koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatilishi haqda ma’lumot bergandi. Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 darajadan yuqori bo‘lishidir. Shuningdek, Aziza Xo‘jayeva asal va kunjut aralashmasi hamda shirchoy koronavirusni davolovchi xususiyatga ega emasligini ta’kidlagan.

Янгиликлар