JSST Vyetnamda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Vyetnamning Danang shahrida tarqalgan va biroz sarosimaga sabab bo‘lgan koronavirusga o‘xshash virus haqidagi xabarlarga Jahon sogʻliqni saqlash saqlash tashkiloti oʻz munosabatini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22—29-iyul kunlari ushbu shaharda virus yuqtirish bilan bog‘liq 35 ta yangi holat qayd etilgan. JSSTning Vyetnamdagi vakili Kidun Parkning ta’kidlashicha, ushbu infeksiya ham SARS-CoV-2 koronavirusi bo‘lib, u unchalik tashvishli emas.

“Mutatsiyalar virusning aylanib yuruvchi turlarida paydo bo‘lishiga qaramay, xavotirga sabab bo‘lmaydi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning yuqumliligi va xavfliligi o‘zgarmagan”, — deydi Kidun Park.

Uning fikricha, yangi shtamm yuqumliligi bo‘yicha boshqalaridan farq qilmaydi. 27-iyul kuni Vyetnam sog‘liqni saqlash vaziri ushbu shtamm yanada kuchliroq ekanligini hamda bemorlarning kasallikning tezda og‘ir holatiga o‘tishiga olib kelayotgani haqida ma’lum qilgan.

Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda jami infeksiya bilan zararlanganlar soni 446 nafarni tashkil etgan. Shu jumladan, Danangda 32 ta holat qayd etilgan. Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida Danangda COVID-19 infeksiyasining 8 ta yangi holati aniqlangan.

Avvalroq Qozog‘istonda o‘tgan bir sutkada 1544 kishi, Qirg‘izistonda esa 397 kishi koronavirusga chalingani, AQShda COVID-19’ga qarshi vaksinaning taxminiy narxi ma’lum qilingani, Braziliyada koronavirus yuqtirish bo‘yicha kunlik rekord yangilangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар