O‘zbekistonda yana 193 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 30-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 kishiga oshib, 23 271 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 154 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 441 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Sirdaryo viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Surxondaryo viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 13 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Buxoro viloyatida ham 6 nafar — jami 743 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan. Hozirda 9455 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan toshkentlik bemor hamda Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар