Xorazmda xalqaro yuk tashuv transporti haydovchilariga faoliyatning vaqtinchalik tartibi tushuntirildi

Xorazm viloyati Urganch tumanida 30-iyul kuni viloyatga kirib kelayotgan xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi avtotransportlarning haydovchilariga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Xorazm viloyatiga kirib kelayotgan xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi avtotransport haydovchilariga karantin davrida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi hamda tegishli vazirlik va idoralari tomonidan targ‘ibot tadbirlari olib borilgan.

Xususan, Urganch tumanidagi Cholish blok postida va “Urganch Original Gaz” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan yuk avtotransport vositalari vaqtincha to‘xtab turish joyida haydovchilarga o‘rtasida targ‘ibot ishlari o‘tkazilgan.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Targ‘ibot tadbirlari davomida Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-apreldagi qaroriga muvofiq, avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida haydovchilarga batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Eron—Afg‘oniston—O‘zbekiston yo‘nalishida ilk avtokarvon tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

Янгиликлар