Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalindi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.

Foto: Facebook

Bu xabarni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zolari Anvar Alimov hamda Habibullo Oqilov tasdiqlagan.

Avvalroq Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova koronavirusga chalingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 30-iyul 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 078 nafarni tashkil etgan. Ayni paytga qadar 13 432 nafar fuqaro sog‘aygan, hozirda 9512 nafar bemorga standartlar asosida davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар