Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Buxoro viloyatining hokimi Karim Kamolov koronavirusdan davolanmoqda. Bu haqda AOKAda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Karim Kamolovning holati haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan va u ayni vaqtda shifoxonada davolanmoqda. Hozircha u qachon va qaysi shifoxonaga yotqizilgani, uning hozirgi ahvoli haqida batafsil ma’lumot yo‘q.

Avvalroq 18-iyul kuni Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingani tasdiqlangan edi. Keyinroq Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazovning ahvoli og‘irligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova koronavirusga chalingan.

Янгиликлар