Andijonda kuchaytirilgan karantin davrida obodonlashtirish ishlari bo‘lib o‘tdi

Andijon shahrida kuchaytirilgan karantin vaqtida aholining uyda qolishini inobatga olgan holda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:Andijon shahar hokimligi

Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 500 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi jalb qilindi. Ular karantin qoidalariga amal qilgan holda shahardagi kichik dahalarga olib kiruvchi yo‘llar, ko‘p qavatli uylar atroflarini begona o‘tlardan va har xil chiqindilardan tozaladi.

Foto: Andijon shahar hokimligi

Bundan tashqari, daraxtlarga shakl berish hamda to‘plangan chiqindilarni transportlar yordamida olib chiqib ketish ishlari ham olib borilmoqda.

Foto: Andijon shahar hokimligi

Avvalroq Andijon viloyati Xonobod shahrida 24 nafar qizga OTMga qo‘shimcha grant asosida kirish uchun tavsiyanoma berilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, 9-iyul kuni Andijon viloyati Xovuskon ota ziyoratgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilish maqsadida ularga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, 1 nafar ayolga kir yuvish mashinasi taqdim etilgan. 10-iyulda viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida yolg‘iz yashovchi ayolga 2 sotixli issiqxona qurib berilgan.

Янгиликлар