Farg‘onada qalbaki AQSh dollaridan foydalanmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida qalbaki AQSh dollari kupyurasi evaziga alkogol mahsulotlari xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi, deya xabar berdi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.

Foto: Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Dang‘ara shaharchasida 2020-yilning 8-iyul kuni soat 19:00 da 63 yoshli G‘.U.ga tegishli bo‘lgan spirtli ichimliklar savdo do‘koniga 21 yoshli А.X., 23 yoshli O.M. va 20 yoshli Sh.P.lar kelishgan. Do‘kon sotuvchisiga fuqaro А.X. yonida bo‘lgan 100 АQSh dollari kupyurasini berib, pul evaziga 200 000 so‘mlik alkogol mahsulot sotib olishgan. Qolgan qismini sotuvchiga so‘m valyutasida qaytarib berishini aytgan vaqtida, do‘kon sotuvchisi G‘.U. kupyuraning soxta ekanligiga shubha qilib, bu haqda tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida do‘kon sotuvchisi G‘.U.dan 1 dona 100 АQSh dollari kupyurasi tekshirib ko‘rish uchun ashyoviy dalil sifatida olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, pul qalbaki ekanligi aniqlangan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Foto: Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada hamkorlikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni aytib, tanishini 32 500 dollarga “uxlatgan” shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir qancha banklar AQSh dollarini 10 250 so‘mdan sotishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, uni 3 500 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olingandi.

Янгиликлар