Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlangan.

Muhammadzokir Mamatxonov shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisiga yangi o‘rinbosar, Chust tumaniga yangi hokim, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabarlar berilgandi.

Shuningdek, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Alisher Sa’dullayev esa yangi tashkil etilgan agentlikka direktor etib tayinlangani hamda O‘ktam Barnoyev yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi rahbar etib saylangani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар