“Qoidalarga amal qilinganda, pandemiyani vaksinasiz yengish mumkin edi” — virusolog

“PLoS Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot yangi ma’lumotni isbotladi. Agar odamlar muntazam ravishda qo‘llarini yuvib, niqob taqib, ijtimoiy masofa saqlaganida koronavirus pandemiyasini vaksinasiz yengish mumkin edi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.

Foto: “CNN”

Ta’kidlanishicha, mamlakatlarda karantin cheklovlari fuqarolarning shaxsiy mas’uliyati, har bir insonning kasallik xavfini, jiddiyligini his qilishi bilan uyg‘unlashganda virus tarqalishi pastroq darajada bo‘lar edi. Atipik pnevmoniya (SARS-CoV-2) aholining 90 foizi tez-tez qo‘lini yuvgan va masofa saqlagan mamlakatlarda yuqori darajada epidemiya chaqirmagan.

Foto: “CNN”

“Agar biz barchamiz mamlakat bo‘ylab keyingi 4, 6, 8, 12 hafta davomida niqob taqsak, virus tarqalishi to‘xtaydi”, — deydi doktor Robert Redfild.

Mualliflar virus qanday tarqalishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish, o‘zini izolyatsiyalash, masofalanish, qo‘lni yuvish va niqob taqish — hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida keng ma’lumot berish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Shuningdek, Oq uyning koronavirus bo‘yicha ishchi guruhi a’zosi admiral Bret Giroir 23-iyul, payshanba kuni AQSh sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish vazirligidagi brifingda niqoblar va jismoniy ishdan qochish pandemiyaning tarqalishini tezda to‘xtatishi mumkinligini qayd etgan.

Avvalroq JSST vakili COVID-19’ga qarshi vaksina bilan 2021-yilgacha hech kim emlanmasligini aytgani, JSST sobiq eksperti dunyoning 80% aholisi vaksinasiz qolishini ochiqlagani, nemis mutaxassisi koronavirusning uzoq muddatli alomatlari va uni butunlay yengib bo‘lmasligini bildirgani, Rossiya mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Salikov mamlakatning COVID-19’ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor ekanini ma’lum qilgani, AQShda esa koronavirus vaksinasi sinovining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар