Farg‘onada “Spark” va skuter to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida “Spark” avtomashinasi bilan skuter mototsikli ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Fuqaro Q.O. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasini Farg‘ona shahrida 13-iyul kuni Al-Farg‘oniy va Sharq ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib ketayotib, P.R. boshqaruvidagi skuter mototsikli bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda P.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Nexia” va “Tico” avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Samarqandda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va Farg‘onada “Jentra” haydovchisi velosipedchini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар