Namanganda 85 yoshli ayol uyida ko‘knori saqlab kelayotgani aniqlandi

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi, 1935-yilda tug‘ilgan ayol yashash xonadoni devoriga ilib qo‘yilgan sellofan paketda 59 dona ko‘knori o‘simligi saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Namangan IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29-iyul, chorshanba kuni Norin tumanida yashovchi, 85 yoshli ayol uyining devoriga ilib qo‘yilgan sellofan paketda 59 dona ko‘knori o‘simligi boshog‘iga o‘xshash, sarg‘imtir rangli boshoqlarni saqlab kelayotganligi aniqlangan. O‘simliklar teshkirib ko‘rish uchun olingan.

Tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, ushbu 59 dona o‘simlik boshoqlari sof og‘irligi 40,06 gramm bo‘lib, ko‘knori somoni giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Avvalroq Samarqandda 2020-yilning birinchi yarmida giyohvandlik bilan bog‘liq 252 ta jinoiy holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda uyida janjal ko‘targan fuqaroning yonidan marixuana topilgan.

Shuningdek, Quvada tomorqasida 17 tup kannabis yetishtirgan va Payariqda yashash hovlisida 77 tup kannabis o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olingan edi.

Undan tashqari Andijonda 370 gramm gashish moddasini 8000 dollarga sotayotganlar qo‘lga olingan.

Янгиликлар