Namanganda bir kechada 11 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda.

Shulardan 11 nafari Namangan viloyatiga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda jami kasallanganlar soni 730 taga yetdi. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 545 kishini tashkil qilsa, infeksiya oqibatida besh kishi vafot etgan.

Ayni paytda mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар