O‘zbekistonda yana 211 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 29-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 211 nafarga ortib, 22 585 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Toshkent shahrida, 47 nafari Surxondaryo viloyatida, 34 nafari Toshkent viloyatida hamda 19 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Surxondaryo viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 29 nafar, Andijon viloyatida ham 29 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 672 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, mamlakatda 12 937 (+672) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 9 517 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. O‘lim holatlari 131 ga teng.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 48 yoshli erkak  va 22 yoshli homilador ayol vafot etgan edi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi SSV moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunovning koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganini ma’lum qilgandi.

Янгиликлар