O‘zbekiston OTMlarida ochilgan yangi yo‘nalishlar ro‘yxati taqdim etildi
Telegram’dagi “Oliy ta’lim yangiliklari” kanalida 2020/21-o‘quv yili uchun OTMlarga qabulda yangi ochilgan bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Foto: “Kun.uz”
Ma’lum qilinishicha, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida quyidagi yangi yo‘nalishlar ochilgan:
– Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha);
– Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha);
– Grim san’ati;
– Axborot xavfsizligini boshqarish;
– Birja ishi;
– Biznes-tahlil;
– Gidroenergetika;
– Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar;
– Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha);
– Kadastr (ko‘chmas mulk kadastri);
– Xalq tabobati.
Magistraturada yangi ochilgan yo‘nalishlar quyidagilar:
– Testologiya va pedagogik o‘lchovlarni baholash;
– Matematik iqtisodiyot;
– Aktuar va moliyaviy matematika;
– Islomshunoslik;
– Axborot xavfsizligini boshqarish;
– Advokatlik faoliyati;
– Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish;
– Sport huquqi;
– Mini va mikro gidroelektr stansiyalar;
– Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar;
– Quduqlarning geofizik tadqiqotlari;
– Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi;
– Konchilik geofizikasi;
– Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
– Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi;
– Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari;
– Ma’lumotlar ilmi (Data Science);
– Sun’iy intellekt;
– Unikal binolarni loyihalashtirish va qurish;
– Bog‘lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi;
– Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalash;
– Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi;
– Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi;
– Multiplikatsion filmlar texnologiyalari;
– Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari;
– Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi;
– O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat;
– Seleksiya va urug‘chilik (meva-sabzavot);
– Chorvachilik;
– Qorako‘lchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash;
– Subtropik va sitrus meva ekinlari;
– Yaylovlar melioratsiyasi;
– Gematologiya va transfuziologiya;
– Tibbiy radiologiya;
– Neyroreabilitologiya;
– Eksperimental va sport farmakologiyasi;
– Harbiy qo‘shinlar tibbiy ta’minotini tashkil etish.
Foto: “Oliy ta’lim yangiliklari” kanali