Tibbiyot muassasalariga harorati bor fuqarolarni kiritmaslik muammoni hal qiladimi? Mutaxassis javob berdi

“Bino eshigi oldida isitma o‘lchab, harorati yo‘q insonlarnigina kiritish bilan muammoni hal qilish mumkinmi?” degan savolga Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Klara Yodgorova aniq javob bera olmadi.

Kadr: YouTube

“Tibbiyot muassasalariga kirishda fuqarolarning isitmasi o‘lchanib, harorati yo‘q insonlarnigina kiritish bo‘yicha har bir muassasa o‘z siyosatini tuzib chiqadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha ko‘rsatma berishi kerak”, — deydi mutaxassis.

Shu o‘rinda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning “Tibbiyot muassasasiga kelganlarning harorati bo‘lishi ehtimoli yuqori, axir sog‘lom odam kelmaydi-ku”, degan ta’kidi mutaxassis tomonidan ochiq qoldirildi.

Avvalroq mutaxassislar o‘quvchilarni masofa saqlagan holda o‘qitish qay darajada samarali ekani haqda fikr bildirgan edi.

Shuningdek, ular koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatilishi haqda ma’lumot bergandi. Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 darajadan yuqori bo‘lishidir. Shuningdek, Aziza Xo‘jayeva asal va kunjut aralashmasi hamda shirchoy koronavirusni davolovchi xususiyatga ega emasligini ta’kidlagan.

Янгиликлар