Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Zayniyev Suxrob Sabirovich tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi axborot xizmati

Suxrob Zayniyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand davlat tibbiyot institutida dekan, 2- klinika bosh shifokor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning kasalligi ma’lum qilingandan so‘ng, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga Rahmonjon Rasulov, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasiga Otabek Tursunov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga Muhammadzokir Mamatxonov, Samarqandda davlat soliq boshqarmasiga Alovuddin Inagamov, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga O‘ktam Barnoyev yangi rahbar etib tayinlangani ma’lum qilingan.